Loyihalarga qaytish

Gusak

Suv sotish nuqtalari uchun

Loyiha haqida

Gusak — suv sotish nuqtasi faoliyatini hisobga olish uchun Telegram Mini App. Unda sotuv va kassa, xarajatlar, suv yetkazuvchi bilan hisob-kitob va hisobotlar yuritiladi. Tizimning ikkinchi qismi — schyotchik qurilmasi: ESP32 platasiga o‘rnatilgan dastur suv o‘lchagich ko‘rsatkichini Wi-Fi orqali ilovaga o‘zi yuboradi, shunda raqam qo‘lda yozilmaydi. Biznes egasi «boss» operatorlarni taklif havolasi orqali qo‘shadi.

Imkoniyatlar

  • Sotuv va kassa hisobi
  • Xarajatlar
  • Suv yetkazuvchi bilan hisob-kitob
  • Schyotchik qurilmasi bilan ishlash
  • Boss va operator rollari
  • Hisobotlar
  • Obuna va tizim hisobi (Payme, Click)

Kompyuter uchun ilova

Savdo nuqtasidagi kompyuterda ishlash uchun. Telegram va brauzer versiyasi o‘z holicha qoladi.

Suvsotar — savdo nuqtasi kompyuteri uchun

Suvsotar ish stoli interfeysini alohida dastur oynasida ochadi: brauzer panellari, manzil qatori va boshqa varaqlar ko‘rinmaydi, o‘z profili bilan to‘liq ekranda ishlaydi. Ichida o‘sha veb interfeys ishlagani uchun yangilanish o‘zi keladi — dasturni qayta o‘rnatish kerak emas.

Windows · Edge yoki Chrome o‘rnatilgan bo‘lishi kerak · 41 KB · versiya 1.0.0.0

Yuklab olish

Fayl raqamli imzolanmagan, shuning uchun Windows ogohlantirish ko‘rsatishi mumkin. Bunday holda qo‘shimcha ma’lumotni ochib, dasturni ishga tushirishga ruxsat bering.

Faylni tekshirish uchun SHA-256: 1D1627AF68782BE5F532CFA2D2FC6E8C19A0E4F5B0A9A6452DB7CEC8267526E2

Telegram bot

Mini App shu bot orqali ochiladi.

Qurilmaga dastur o‘rnatish

Versiya 0.5.0 · ESP32 (ESP32-WROOM-32, DevKit)

Nima kerak

ESP32 platasi, ma’lumot uzatadigan USB kabel (faqat zaryadlaydigani yaramaydi) va kompyuterda Chrome yoki Edge brauzeri. Telefonda va Telegram ichida o‘rnatish tugmasi ishlamasligi mumkin.

  1. 1

    Dasturni o‘rnatish

    Platani USB kabel bilan kompyuterga ulang va o‘rnatish tugmasini bosing. Ochilgan oynada portni tanlang (CP210x, CH340 yoki USB Serial) → Connect → Install Gusak → Install. 1–2 daqiqa kuting, oxirida Installation complete chiqadi.

    Erase device savoli: yangi plata yoki boshqa mijozga o‘tkazilayotgan plata uchun belgilang — hammasi tozalanadi. Shu mijozning platasiga qayta o‘rnatayotgan va Wi-Fi sozlamalari saqlansin desangiz — belgilamang. Port ro‘yxatda chiqmasa, boshqa kabel yoki boshqa USB uyasini sinang; o‘rnatish boshlanmasa, BOOT tugmasini bosib turib qayta urinib ko‘ring.

  2. 2

    Qurilmani mijozga ulash

    Platani tokka ulang — u Gusak-XXXX nomli Wi-Fi tarmog‘ini ochadi, paroli gusak12345. Telefondan shu tarmoqqa ulaning, sozlash sahifasi o‘zi ochiladi (ochilmasa — 192.168.4.1). Boss ilovasida: Sozlamalar → Schyotchik qurilmasi → «Yangi qurilma ulash» — ilova 8 raqamli kod beradi, u 30 daqiqa amal qiladi. Sozlash sahifasida mijozning Wi-Fi tarmog‘ini tanlab, parolini va kodni yozing → Saqlash.

    Bir daqiqa ichida qurilma boss ilovasida «ulandi» deb chiqadi. Chiqmasa, Gusak-XXXX tarmog‘i yana paydo bo‘ladi: unga ulanib xato sababini ko‘ring — Wi-Fi paroli yoki kod noto‘g‘ri.

Keyingi yangilanishlar Wi-Fi orqali keladi: boss ilovasidagi «Qurilma dasturini yangilash». Qurilmani qayta sozlash kerak bo‘lsa, platadagi BOOT tugmasini 5 soniya bosib turing.

O‘rnatish sahifasini ochishO‘rnatish kompyuterda, Chrome yoki Edge brauzerida bajariladi.