Hamkorlik

Hududiy agentlik dasturi

«ELHISOB» MCHJ — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi software kompaniya. Biz mobil ilovalar, Telegram Mini App va veb tizimlar yaratamiz — biznesning daftar va telefon qo‘ng‘iroqlari bilan yuritilayotgan ishini boshqariladigan raqamli tizimga o‘tkazamiz. Sizni o‘z hududingizda agentimiz bo‘lishga taklif qilamiz.

Ikkita agentlik turi

Farqi — nimaga biriktirilishingizda: hududgami yoki o‘z brendingizgami. Ikkalasini birlashtirish ham mumkin.

1

Hududiy agentlik

O‘z shahringiz yoki tumaningizda ishlaysiz

Siz bitta hududga — shahar yoki tumanga — biriktirilasiz. O‘sha hududda tizimlarimizdan foydalanadigan har bir mijoz sizniki: uni siz ulaysiz, siz o‘rgatasiz, tushumidan foizni siz olasiz. Brend bizniki bo‘lib qoladi — mijoz «Suv Kerak», «Yo‘l Yo‘lakay» degan tanishnomlarni ko‘radi.

  • Hudud sizga biriktiriladi — bir joyda ikkita agent bo‘lmaydi
  • Yangi mijozni o‘zingiz ulaysiz va kabinetda ro‘yxatga olasiz
  • Foiz har oyda kelaveradi — mijoz ishlagan sayin
  • Ilova, server, yangilanish va qo‘llab-quvvatlash bizda
  • Boshlash uchun sarmoya kerak emas: mahsulot tayyor va ishlab turibdi

Foiz qanday hisoblanadi

Haq buyurtma bajarilgan HUDUD bo‘yicha yoziladi, bajaruvchining yashash joyi bo‘yicha emas. Toshkentlik haydovchi Samarqand shahrida buyurtma bajarsa — haqni Samarqand shahar agenti oladi.

2

Brend agentlik

Ilovalar sizning nomingiz va brendingiz bilan chiqadi

Bu — «oq yorliq»: ichi bizning tizim, usti sizning brendingiz. Server, buyurtmalar, xizmatlar va yangilanishlar o‘sha-o‘sha qoladi; faqat ilovaning nomi, logotipi va rangi sizniki bo‘ladi. Mijoz telefoniga sizning ilovangizni o‘rnatadi va sizning brendingizni ko‘radi — biz ortda turamiz. Hozir bu shaklda «Fast Go» sherigimiz ishlayapti, ya’ni yo‘l sinalgan.

  • Ilova nomi, ikonkasi, ochilish ekrani va rangi — sizniki
  • Yo‘lovchi ilovasi ham, haydovchi ilovasi ham sizning brendingiz bilan brendlanadi
  • Telegram Mini App ham sizning logotipingiz bilan ochiladi
  • Play Market’da sizning brendingiz bilan alohida ilova bo‘lib turadi
  • Server, yangilanish, xavfsizlik va texnik xizmat bizda qoladi
  • O‘z hududingiz ham bo‘lsa — ikkala agentlik turini birlashtirish mumkin

Foiz qanday hisoblanadi

Buyurtma sizning ilovangizdan kelsa YOKI uni sizning haydovchi ilovangizdagi haydovchi bajarsa — foiz sizga yoziladi. Brend serverda aniqlanadi, shuning uchun uni soxtalashtirib bo‘lmaydi.

Brend agentlik haqida batafsil

Ikkala agentlik turida ham agent komissiyasi faqat haqiqiy buyurtma tushumidan hisoblanadi — hadya qilingan bonus hisobidan bajarilgan buyurtma kirmaydi. Komissiya stavkasi shartnomada belgilanadi va har bir hudud, har bir brend uchun alohida, individual kelishiladi.

Agent bo‘lish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishingiz shart: yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) yoki «o‘zini o‘zi band qilgan» shaxs. Shartnoma va to‘lovlar shu asosda rasmiylashtiriladi.

Nima taklif qilasiz

Yettita mahsulot ham ishlab turibdi. Siz tayyor ilovani taklif qilasiz, va’dani emas.

«Suv Kerak» — ichimlik suvi yetkazib berish

Mijoz uchun Mini App va yetkazib beruvchi uchun ilova, buyurtmalarni hudud bo‘yicha taqsimlash, balans va qarzdorlik nazorati, rahbar uchun hisobotlar, ichida AI yordamchisi.

Batafsil

«Yo‘l Yo‘lakay» — taksi va yo‘lovchi tashish

Yo‘lovchi va haydovchi ilovalari: shahar taksisi, shaharlararo safarlar, real vaqtdagi buyurtmalar lentasi, GPS kuzatuv, chat, bonuslar, karta orqali to‘lov.

Batafsil

«Yuk Bor» — yuk tashish

Haydovchi ilovasi va Mini App: GPS bo‘yicha yangilanuvchi yuk lentasi — mahalliy, respublika va xalqaro tashishlar, buyurtma chati, reyting va qora ro‘yxat.

Batafsil

«EcoHisob» — ikkilamchi xom ashyo qabuli

Tarozibon va rahbar uchun Mini App: yuk xatlari oqimi, sklad va kassa harakatining bog‘lanishi, e’lonlar taxtasi. Qabul qog‘ozdan chiqadi, balans real vaqtda ko‘rinadi.

Batafsil

«Jarima maydoni» — avto saqlash

Jarima maydoni va maxsus turar joy uchun tizim: avtomobilni qabul qilish va chiqarish, saqlash kunlari o‘zi sanaladi, to‘lov o‘zi hisoblanadi, YPX uchun oylik hisobot o‘zi shakllanadi.

Batafsil

«Bozor hisobi» — ijara, qo‘riqlash, elektr

Bozor va savdo majmualari uchun: har bir do‘konning depozit hisobi, ijara va qo‘riqlash oyda bir marta o‘zi kesiladi, elektr sarfi hisoblagich qurilmasidan keladi, to‘ldirish Payme, Click, naqd yoki terminal orqali.

Batafsil

«Tomchi Hisob» — tomchilatib sug‘orish uchun hisob

Tomchilatib sug‘orish tizimlarini quradigan va ta’mirlaydigan pudratchilar uchun: smeta o‘zi o‘qilib, material limitlariga aylanadi, har bir xarid obyekt limitidan yechiladi, perelimit darhol ko‘rinadi. Kassa, brigada va ta’minotchilar bilan hisob-kitob — shu tizimda, Telegram boti ham bor.

Batafsil

Agent nima oladi

Hududingizdan ulush

Hududingizda ulangan har bir mijozdan komissiya olasiz.

Shartlar individual

Komissiya miqdori har bir loyiha bo‘yicha alohida kelishiladi. Shartlar bir xil emas — har yo‘nalish bo‘yicha kelishishga tayyormiz.

Korporativ mijoz — katta ulush

Jismoniy shaxs emas, kompaniya olib kelsangiz, ulushingiz sezilarli darajada ko‘p bo‘ladi.

Shaxsiy kabinet

Hisoblangan mablag‘ni o‘zingiz ko‘rib turasiz. Hisob-kitob ochiq va bahsga o‘rin qoldirmaydi.

Tayyor eko muhit

Kabinet, Telegram bot, hisobotlar va o‘zaro hisob-kitob — hammasi tizim ichida.

O‘qitish va qo‘llab-quvvatlash

Mahsulot bilan ishlashni o‘rgatamiz va dastlabki mijozlarda yordam beramiz.

Buyurtma asosida ishlab chiqish

Tayyor mahsulotlardan tashqari, biz istalgan murakkablikdagi hisob-kitobni raqamlashtiramiz. Agar mijozingizda «hamma narsa Excel va daftarda yuritilsa» — bu bizning ishimiz. Ishlab chiqishga olib kelingan korporativ mijoz uchun ham komissiya to‘lanadi.

  • CRM va ERP tizimlar
  • Sklad va kassa hisobi
  • NSBU schyotlar rejasi bo‘yicha buxgalteriya
  • Logistika va marshrutlar
  • To‘lov tizimlari bilan integratsiya
  • Telegram botlar va AI yordamchilar

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Bog‘lanasiz

    Telefon, Telegram yoki saytdagi forma orqali yozasiz.

  2. 2

    Shartlarni kelishamiz

    Hudud, yo‘nalish va komissiyani birgalikda belgilaymiz.

  3. 3

    Ishni boshlaysiz

    Kabinet ochiladi va o‘qitish o‘tkaziladi. Mijoz ulagan kuningizdan ulush hisoblana boshlaydi.

Agent kabineti qanday ishlaydi

Ulushni hisoblash va ko‘rsatish uchun o‘z tizimimiz bor. Uning qanday tuzilgani bilan alohida sahifada tanishishingiz mumkin.

Agentlik tizimi haqida

Bog‘lanish

Hamkorlik shartlarini muhokama qilishdan mamnun bo‘lamiz.