Loyihalarga qaytish

Suv Kerak

Ichimlik suvi yetkazish biznesini raqamlashtirish

Loyiha haqida

Suv Kerak — ichimlik suvi yetkazish bilan shug‘ullanadigan TADBIRKORLAR uchun tizim. Buyurtma qabul qilishdan tortib kuryerni yo‘naltirish, ombor va kassa hisobi, mijoz balansi va qarzini nazorat qilish, rahbar uchun hisobotlargacha — hammasi bitta joyda. Har bir rol uchun alohida ilova bor, shuning uchun menejer, kuryer va rahbar bir-birining ishiga xalaqit bermaydi.

Imkoniyatlar

  • Mijoz buyurtmasini qabul qilish va hududga yo‘naltirish
  • Kuryer marshruti va yetkazishni tasdiqlash
  • Mijoz balansi, qarz va to‘lovlar tarixi
  • Idish (ballon) aylanmasi hisobi
  • Narx qoidalari, tariflar va chegirmalar
  • Rahbar uchun kunlik va davriy hisobotlar
  • Xodimlar va ularning natijalari nazorati
  • Ommaviy xabar yuborish (aksiya, eslatma)
  • Ilova ichidagi AI yordamchi

Ilovalar

Ilovalar Android uchun. iOS versiyasi rejada.

Suv Kerak

MIJOZ ilovasi: suv buyurtma qilish, yetkazish vaqtini tanlash, balans va qarzni ko‘rish, to‘lov qilish, buyurtmalar tarixi.

Google PlayQo‘llanma tayyorlanmoqda.

Suv kerak menager

MENEJER ilovasi: kelgan buyurtmalarni ko‘rish va taqsimlash, mijozlar bazasi, narxlar va tariflar, kuryerlar bilan ishlash.

Google PlayQo‘llanma tayyorlanmoqda.

Suv kerak Kuryer

KURYER ilovasi: kunlik marshrut, yetkazilgan buyurtmani tasdiqlash, olingan pul va qaytarilgan idishlar hisobi.

Google PlayQo‘llanma tayyorlanmoqda.

Suv kerak Boss

RAHBAR ilovasi: umumiy hisobotlar, daromad va xarajat, xodimlar natijasi, ombor va kassa holati.

Google PlayQo‘llanma tayyorlanmoqda.