Yo‘l Yo‘lakay: taksi
Yo‘lovchi ilovasi: shahar taksi chaqirish, shaharlararo yo‘nalish tanlash, avtobusga joy band qilish. Haydovchini xaritada kuzatish, u bilan yozishish, karta yoki naqd to‘lash, bonus yig‘ish.
Yo‘lovchi, haydovchi va yuk — bitta platformada
Yo‘l Yo‘lakay — shahar taksi, shaharlararo qatnov, avtobus reyslari va yuk tashishni bitta tizimga yig‘gan platforma. Yo‘lovchi buyurtma beradi, haydovchi uni real vaqtdagi lentadan ko‘radi va qabul qiladi; safar GPS bilan kuzatiladi, to‘lov naqd yoki karta orqali o‘tadi. Ilovalar ichida chat, reyting, qora ro‘yxat va bonus tizimi ishlaydi.
Ilovalar Android uchun. iOS versiyasi rejada.
Yo‘lovchi ilovasi: shahar taksi chaqirish, shaharlararo yo‘nalish tanlash, avtobusga joy band qilish. Haydovchini xaritada kuzatish, u bilan yozishish, karta yoki naqd to‘lash, bonus yig‘ish.
Haydovchi ilovasi: buyurtmalar lentasi, navigatsiya, safar boshqaruvi, hisob va komissiya nazorati. AVTOBUS HAYDOVCHISI rejimi ham shu ilova ichida — alohida ilova kerak emas.
Yuk tashish ilovasi: hudud bo‘yicha yangilanadigan yuk lentasi, buyurtma chati, reyting. Mahalliy, O‘zbekiston bo‘ylab va xalqaro yo‘nalishlar uchun.