Loyihalarga qaytish

Bozor hisobi

Do‘kon depoziti: ijara, qo‘riqlash va elektr bitta hisobda

Loyiha haqida

Bozor hisobi — bozor va savdo majmualari ma’muriyati uchun tizim. Har bir do‘konning bitta depozit hisobi bor: ijarachi uni Payme, Click, naqd yoki terminal orqali to‘ldiradi, tizim esa undan oyda bir marta ijara (maydon m² bo‘yicha) va qo‘riqlash haqini, uzluksiz ravishda esa sarflangan elektr energiyasini kesadi. Elektr ko‘rsatkichi qo‘lda yozilmaydi — hisoblagich qurilmasi kVt·soatni o‘zi yuboradi, tizim narxga ko‘paytirib depozitdan yechadi. Depozit tugasa elektr o‘zi o‘chadi, to‘langach o‘zi yonadi. Har bir tiyin o‘chirib bo‘lmaydigan jurnalga tushadi: kim, qachon, qancha — shuning uchun «men to‘lagan edim» degan bahs o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Imkoniyatlar

  • Har bir do‘konning o‘z depozit hisobi
  • Ijara maydon (m²) bo‘yicha, qo‘riqlash oylik — o‘zi kesiladi
  • Elektr sarfi qurilmadan o‘zi keladi, kVt·soat bo‘yicha hisoblanadi
  • Depozit tugasa elektr o‘zi o‘chadi, to‘langach o‘zi yonadi
  • To‘ldirish: Payme, Click, naqd, terminal
  • Qarzdorlar ro‘yxati o‘zi shakllanadi
  • O‘chirib bo‘lmaydigan pul jurnali — kim, qachon, qancha
  • Narx o‘zgarsa eski oylar buzilmaydi
  • Rollar: rahbar, hisobchi, nazoratchi, ijarachi
  • Ijarachi uchun o‘z kabineti — balans va tarix
  • Telegram bot: balans, to‘lov havolasi, ogohlantirishlar
  • Excel hisobotlar: qarzdorlar, to‘lovlar, oylik svodka

Nima o‘zgaradi

Ijara va qo‘riqlash

Daftar bilan
Har oy boshi daftarga qo‘lda yoziladi, bittasi esdan chiqadi.
Tizimda
Oyda bir marta o‘zi kesiladi; ikki marta kesish esa umuman mumkin emas.

Elektr ko‘rsatkichi

Daftar bilan
Xodim har bir schyotchikni yurib yozib chiqadi, raqam noto‘g‘ri tushadi.
Tizimda
Qurilma ko‘rsatkichni o‘zi yuboradi, sarf darhol depozitdan yechiladi.

Qarzdorlar

Daftar bilan
Kimda qarz borligi odamning esida turadi.
Tizimda
Ro‘yxat o‘zi shakllanadi va Excel fayliga chiqadi.

To‘lov

Daftar bilan
Naqd pul, tilxat yo‘q — «to‘lagan edim» degan bahs.
Tizimda
Payme, Click, naqd — hammasi jurnalda, kim qabul qilgani bilan.

Tokni uzish

Daftar bilan
Qarzdor do‘konga borib, qo‘lda uzish kerak.
Tizimda
Balans belgilangan chegaradan tushsa o‘zi o‘chadi, to‘langach o‘zi yonadi.

Ijarachi bilan muloqot

Daftar bilan
«Qancha qarzim bor?» deb har kuni so‘raydi.
Tizimda
Botda o‘zi ko‘radi; depozit kamaysa ogohlantirish o‘zi boradi.