Loyihalarga qaytish

Jarima maydoni

Daftar-ruchka o‘rniga tizim: qabul, saqlash, hisob-kitob va hisobotlar bir joyda

Loyiha haqida

Jarima maydoni — evakuatsiya qilingan yoki saqlashga qo‘yilgan avtomobillarni qabul qilish, saqlash va hisob-kitobini yuritish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor va korxonalar uchun tizim. Bu xizmatning og‘rig‘i doim bitta joydan chiqadi: yozuv daftarda yuritiladi, saqlash kunlari va to‘lov qo‘lda hisoblanadi. Daftar yo‘qoladi, qo‘l yozuvi o‘qilmaydi, bitta mashinaga ikki xil summa aytiladi — va eng yomoni, xato kimdan chiqqanini aniqlab bo‘lmaydi. Tizim shu inson omilini o‘rtadan olib tashlaydi: har bir avtomobil o‘z kartochkasida ochiladi, saqlash kunlari yarim kechada o‘zi qo‘shiladi, to‘lov o‘zi hisoblanadi, evakuator masofasi xarita bo‘yicha o‘zi o‘lchanadi, har bir pul harakati esa kim tomonidan qilingani bilan yozilib qoladi. YPX uchun oylik hisobot ham oy yakunida shu yozuvlardan o‘zi yig‘iladi — jadval qo‘lda to‘ldirilmaydi. Natijada rahbar daftar so‘ramaydi — telefonidan qaraydi.

Imkoniyatlar

  • Avtomobilni qabul qilish va chiqarish jurnali
  • Saqlash kunlari o‘zi sanaladi — har yarim kechada +1
  • To‘lov o‘zi hisoblanadi, kvitansiya chiqadi
  • Evakuator masofasi xaritadan o‘zi olinadi
  • Rasmlar bulutda saqlanadi, rahbar uchun galereya
  • Kassa harakati va bankka topshirish
  • Rollar: hisobchi-kassir, rahbar, evakuatorchi
  • Dalolatnoma Word shaklida tayyor chiqadi
  • YPX uchun oylik hisobot o‘zi shakllanadi — Excel, QR-kod
  • Kvitansiya Telegram orqali parolsiz ochiladi
  • Uch til (kirill, lotin, ruscha) va qorong‘u rejim

Nima o‘zgaradi

Daftar va ruchka

Daftar bilan
Yozuv daftarda: qo‘l yozuvi o‘qilmaydi, daftar yo‘qolsa tarix ham yo‘qoladi.
Tizimda
Har bir avtomobil o‘z kartochkasida — tarix saqlanadi va qidiriladi.

Saqlash kunini sanash

Daftar bilan
Kunni xodim o‘zi sanaydi — bir kun kam yoki ortiq ketadi.
Tizimda
Kun yarim kechada o‘zi qo‘shiladi, qoida hammaga bir xil.

To‘lov summasi

Daftar bilan
Kalkulyator va yoddagi hisob — mijoz bilan bahs.
Tizimda
Summa o‘zi hisoblanadi va kvitansiyada yozilgan turadi.

Inson omili

Daftar bilan
Xato yoki kamomad kimdan chiqqani aniqlanmaydi.
Tizimda
Har bir harakat kim va qachon qilgani bilan yoziladi.

Hisobot

Daftar bilan
YPX uchun oylik jadval oy oxirida qo‘lda to‘ldiriladi, bir kun ketadi.
Tizimda
Hisobot o‘zi shakllanadi — Excel va QR-kod tayyor.

Rahbar nazorati

Daftar bilan
Maydonga borib, daftarni so‘rash kerak.
Tizimda
Telefondan ko‘rinadi: qancha mashina, qancha pul, qaysi rasm.