Buyurtma yozuvi
- Daftar bilan
- Ofitsiant daftarga yozadi, qog‘oz yo‘qoladi, taom esdan chiqadi.
- Tizimda
- Stol ekranda ochiladi, taom oshxonaga chipta bo‘lib boradi.
Choyxona, restoran va kafelar uchun: ofitsiant, oshxona, kassa va ombor
Umumiy ovqatlanish — choyxona, restoran va kafelar uchun hisob tizimi. Bitta tashkilot ostida bir nechta savdo nuqtasi bo‘lishi mumkin: har birining o‘z menyusi, zali, terminallari va kassasi. Ish zanjiri oddiy: ofitsiant stolni ochib taom qo‘shadi va oshxonaga yuboradi, oshpaz «Tayyor» deydi, ofitsiant hisob beradi, kassir to‘lovni qabul qiladi. Har bir muhim amal jurnalga tushadi — kim, qachon, qaysi terminaldan. Xodimlar terminalda o‘z PIN-kodi bilan ishlaydi, boshqaruvchi esa hammasini brauzerdagi paneldan ko‘radi.
Ro‘yxatdan o‘tish bepul va bir necha daqiqa vaqt oladi. SMS kutish shart emas — raqam Telegram orqali tasdiqlanadi.
https://obshipit-hisob-e31da280a7aa.herokuapp.com/register sahifasini ochib «Telegram orqali tasdiqlash»ni tanlang. Ochilgan botda «Start» va «Raqamni yuborish» tugmasini bosasiz.
Saytga qaytib ismingizni, tashkilot va birinchi savdo nuqtasi nomini, parolni kiritasiz. 14 kun bepul sinov shu yerdan boshlanadi.
«Terminallar uchun PIN’ingiz» bir marta ko‘rsatiladi — o‘sha zahoti yozib oling.
Namuna menyudan boshlasangiz bo‘ladi, keyin taom va narxlarni o‘zingizga moslaysiz. Zal va stollarni qo‘shasiz — stol raqamlari o‘zi davom etadi.
Har bir xodimga rol berasiz, PIN-kodni tizim o‘zi yaratadi. Xodim terminalda faqat shu PIN bilan ishlaydi.
«Terminallar» bo‘limida terminal qo‘shasiz — 8 belgili kod chiqadi, u 24 soat amal qiladi. Kodni terminalning o‘zida kiritasiz.
POS monoblokka quyidagi dasturni o‘rnatsangiz, terminal to‘liq ekranda ochiladi.





POS monoblok yoki oddiy kompyuterga o‘rnatiladi. Planshet va telefonda terminal brauzerda ham ishlayveradi.
Terminal interfeysi saytda turibdi — bu kichik dastur uni Edge yoki Chrome’da to‘liq ekranda, manzil qatorisiz ochadi. Birinchi ishga tushirilganda ish stoliga va avtoyuklashga belgi qo‘yadi, brauzerni alohida profilda ochadi: shunda terminalning ulash kodi saqlanib qoladi. Cheklar oyna chiqmasdan chop etiladi. Dasturni yangilab turish shart emas — tizim yangilansa, terminal yangi versiyani o‘zi oladi. Chiqish — Alt+F4.
Windows · Edge yoki Chrome · printer Windows’da asosiy bo‘lsin (qog‘oz 58 mm) · 11 KB · versiya 1.1.0.0
Yuklab olishFayl raqamli imzolanmagan, shuning uchun Windows ogohlantirish ko‘rsatishi mumkin. Bunday holda qo‘shimcha ma’lumotni ochib, dasturni ishga tushirishga ruxsat bering.