Uzbekistan-based software company

Biz bizneslar uchun web, mobile app va software tizimlar yaratamiz.

ELHISOB — dizayn, development, backend, automation va qo‘llab-quvvatlashni bitta jamoa ichida bajaradigan software company.

Web • Mobile • Backend • Automation

Bizning ishimiz
Platformalar
6
Mobil ilovalar
8
Bot va Mini App
6+

Mobil ilova

ELHISOB

API
const app =
  createServer({
    auth: true,
    db: 'postgres'
  });
Delivered
AI Bot
API
  • Web development
  • Mobile apps
  • Custom software
  • Automation
  • Uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash
Services

Biz qanday software yechimlar yaratamiz?

ELHISOB biznesingiz uchun kerakli digital mahsulotni dizayndan tortib ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlashgacha yaratadi.

Website Development

Toza dizayn va yuqori tezlikka ega korporativ saytlar, landing va product saytlar.

  • Landing page
  • Korporativ sayt
  • Portfolio sayt
  • Admin panel

Mobile App Development

Kengayadigan arxitektura va silliq tajribaga ega iOS va Android ilovalar.

  • Flutter ilovalar
  • React Native
  • Push xabarnomalar
  • App Store / Play Market

Custom Software

Biznes jarayonlarni avtomatlashtiradigan va kundalik ishni osonlashtiradigan ichki tizimlar.

  • CRM
  • ERP
  • Dashboard
  • Biznes avtomatizatsiya

Backend & API

Web va mobil mahsulotlar uchun ishonchli backend, ma’lumotlar bazasi va integratsiyalar.

  • REST API
  • Autentifikatsiya
  • Database dizayn
  • To‘lov integratsiyasi

UI/UX Design

Saytlar, ilovalar va dashboardlar uchun minimal, aniq va konversiyaga yo‘naltirilgan interfeys.

  • Wireframe
  • Design system
  • Prototype
  • Responsive UI

AI & Automation

Zamonaviy bizneslar uchun AI vositalari, Telegram botlar va avtomatlashtirilgan jarayonlar.

  • AI chatbot
  • Telegram bot
  • Workflow automation
  • Analitika
Work

Tayyor loyihalarimiz

Biz har bir loyihada biznes muammo, foydalanuvchi tajribasi va texnik arxitekturani birgalikda o‘ylaymiz.

Mobil ilova / Platforma
Yo‘l Yo‘lakay

Yo‘l Yo‘lakay

Muammo
Shaharlararo yo‘lovchi va haydovchilar bir-birini tarqoq Telegram guruhlaridan izlardi.
Yechim
Yo‘lovchi va haydovchi ilovalari, real vaqtdagi buyurtma lentasi, GPS kuzatuv, ichki chat, karta orqali to‘lov va bonus tizimi. Yo‘lovchi ayol haydovchi, uy hayvoni bilan safar yoki haydovchiga choy chaqa qoldirishni ham tanlay oladi.
Natija
Shahar taksi, shaharlararo qatnov, yuk va qo‘shimcha xizmatlar bitta tizimga yig‘ildi.
StackDjangoFlutterPostgreSQLWebSocket
Batafsil
Mini App / Logistika
Suv Kerak

Suv Kerak

Muammo
Ichimlik suvi buyurtmalari telefon orqali qabul qilinar, yetkazuvchilar ishi qog‘ozda kuzatilardi.
Yechim
Mijoz uchun Mini App, mirob ilovasi, ichimlik suvi buyurtmasini hududga yo‘naltirish, balans va qarz nazorati, rahbar uchun hisobot sahifalari.
Natija
Buyurtma va yetkazuvchilar markazlashgan boshqaruvga o‘tdi; ilova ichida AI yordamchi ishlaydi.
StackDjangoTelegram Mini AppPostgreSQL
Batafsil
Mobil ilova / Yuk tashish
Yuk Bor

Yuk Bor

Muammo
Yuk egasi va yuk mashinasi haydovchisi bir-birini tasodifiy e’lonlar orqali topardi.
Yechim
Haydovchi ilovasi va Mini App: mahalliy, O‘zbekiston bo‘ylab hamda xalqaro yuk tashishlar uchun GPS bo‘yicha yangilanadigan lenta, buyurtma chati, reyting va qora ro‘yxat.
Natija
Mahalliy, respublika va xalqaro yo‘nalishdagi yuk hamda transport bitta lentada uchrashadi.
StackDjangoFlutterTelegram Mini App
Batafsil
Mobil ilova
Mirob

Mirob

Muammo
Yakka ishlaydigan suv yetkazuvchiga firma uchun yozilgan og‘ir tizim to‘g‘ri kelmasdi.
Yechim
Faqat o‘ziga kerakli ekranlar: buyurtma, mijoz, yetkazish va kunlik hisob — ortiqcha rol va tasdiqlashsiz.
Natija
Yakka yetkazuvchi ham daftarsiz ishlaydi; hisob-kitob kun oxirida tayyor.
StackDjangoTelegram Mini AppPostgreSQL
Batafsil
Mini App / Qurilma
Gusak

Gusak

Muammo
Suv sotish nuqtasida sotuv, kassa va yetkazuvchi bilan hisob-kitob daftarda yuritilardi; schyotchik ko‘rsatkichi ko‘z bilan o‘qib yozilardi.
Yechim
Telegram Mini App: sotuv va kassa, xarajatlar, suv yetkazuvchi bilan hisob-kitob, hisobotlar. Ustiga mikroprotsessor asosidagi schyotchik qurilmasi — ko‘rsatkichni Wi-Fi orqali o‘zi yuboradi.
Natija
Sotuv ham, schyotchik raqami ham bitta tizimda. Boss daftarsiz ko‘radi, operator esa o‘z ekranida ishlaydi.
StackDjangoTelegram Mini AppIoT
Batafsil
Telegram Mini App
EcoHisob

EcoHisob

Muammo
Ikkilamchi materiallar qabul qiluvchi punktlarda tortilgan vazn daftarda yozilar, ombor va kassa alohida hisoblanardi.
Yechim
Tarozibon va rahbar uchun Mini App, yuk xati oqimi, ombor bilan kassaning bog‘langan harakati, e’lonlar taxtasi.
Natija
Qabul qog‘ozdan chiqdi, ombor va balans real vaqtda ko‘rinadi.
StackDjangoTelegram Mini AppPostgreSQL
Batafsil
Web / Avto saqlash

Jarima maydoni

Muammo
Kirgan va chiqqan avtomobil daftarga yoziladi, saqlash kunlari va to‘lov qo‘lda hisoblanadi — xato ham, mijoz bilan bahs ham shu yerdan chiqadi.
Yechim
Har bir avtomobil tizimda o‘z kartochkasida ochiladi: kirgan vaqti, rasmlari, hujjati. Saqlash kunlari o‘zi sanaladi, to‘lov o‘zi hisoblanadi, kvitansiya, dalolatnoma va YPX uchun oylik hisobot o‘zi shakllanadi.
Natija
Hisob-kitob hamma uchun bir xil; qaysi mashina qancha kun turgani va qancha pul kelgani rahbarga telefonidan ko‘rinib turadi.
StackDjangoPostgreSQLTelegram Bot
Batafsil
Web / Bozor va ijara

Bozor hisobi

Muammo
Ijara, qo‘riqlash va elektr haqi daftarda yuritiladi; kim to‘ladi, kimda qarz qoldi — oy oxirida eslanadi.
Yechim
Har bir do‘konning o‘z depozit hisobi bor: ijara va qo‘riqlash oyda bir marta o‘zi kesiladi, elektr sarfi hisoblagich qurilmasidan o‘zi keladi, to‘ldirish esa Payme, Click, naqd yoki terminal orqali bo‘ladi.
Natija
Qarzdorlar ro‘yxati o‘zi shakllanadi; ijarachi balansini botda ko‘radi, depozit tugasa elektr o‘zi o‘chadi.
StackDjangoPostgreSQLTelegram BotIoT
Batafsil
Web / Tadbirkor hisobi
Tomchi Hisob

Tomchi Hisob

Muammo
Tadbirkorning hisobi daftarda va telefondagi eslatmada: kimdan qancha olish bor, kimga qancha berish — esda turmaydi.
Yechim
Hamma yozuv bitta jurnalda: kassa, xarajat, hamkor bilan oldi-berdi, ish haqi. Qoldiq va qarzlar shu jurnaldan hisoblanadi; Telegram boti ham shu bazaga yozadi.
Natija
Hamkor raqam orqali bog‘lanadi va operatsiyani tasdiqlaydi — shundan keyin ikkala tomonda ham ayni bir raqam turadi.
StackDjangoPostgreSQLTelegram Bot
Batafsil
Web / Choyxona va restoran

Umumiy ovqatlanish

Muammo
Ofitsiant daftarga yozadi, oshxona og‘zaki eshitadi, kassa esa kun oxirida hammasini eslashga urinadi — buyurtma yo‘qoladi, hisob to‘g‘ri kelmaydi.
Yechim
Ofitsiant → oshxona → kassa zanjiri bitta tizimda. Stol, taom, chek, smena va xodim PIN’i yoziladi; terminal POS monoblokda to‘liq ekranda ishlaydi.
Natija
Kun oxirida kassa o‘zi hisoblanadi, kim nima qilgani jurnalda turadi; xo‘randa esa stol QR kodi orqali o‘zi buyurtma bera oladi.
StackDjangoReactPostgreSQL
Batafsil
Web / Buxgalteriya

Hisob — buxgalteriya tizimi

Muammo
Bitta yuridik shaxs ostidagi bir nechta loyiha hisobi Excel’da yuritilardi.
Yechim
NSBU hisoblar rejasi bo‘yicha ikki yoqlama yozuv, loyiha kesimi, bank ko‘chirmasini import qilish va hisobotlar.
Natija
Balans va daromad hisoboti provodkalardan hisoblanadi; buxgalter uchun alohida domen.
StackDjangoDRFPostgreSQL
Batafsil
Web / CRM

Agentlik tizimi

Muammo
Hududdagi agentlarning ulushi qo‘lda sanalar, hisob-kitob bahsga sabab bo‘lardi.
Yechim
Agent kabineti, hududga biriktirish, o‘sha hudud buyurtmalaridan foiz, dalolatnoma va to‘lovlar.
Natija
Ulush shaffof hisoblanadi, agent o‘z hisobini o‘zi ko‘radi.
StackDjangoPostgreSQLTelegram Bot
Batafsil
Process

Loyihani qanday ishlab chiqamiz?

ELHISOB loyihani shunchaki kod yozishdan boshlamaydi. Avval muammo, maqsad, user flow va texnik arxitektura aniqlanadi.

  1. 01

    Discovery

    Biznes maqsad, target foydalanuvchilar, funksiyalar va loyiha ko‘lami aniqlanadi.

  2. 02

    UX & Design

    Wireframe, UI dizayn, design system va interaktiv prototip tayyorlanadi.

  3. 03

    Development

    Frontend, backend, database, integratsiyalar va admin tizimlar ishlab chiqiladi.

  4. 04

    Testing

    Mahsulot xatolar, tezlik, responsivlik va qulaylik uchun sinovdan o‘tkaziladi.

  5. 05

    Ishga tushirish

    Deploy, domen, hosting, analitika va production sozlamalari yakunlanadi.

  6. 06

    Qo‘llab-quvvatlash

    Ishga tushirilgandan keyin yangilanish, yaxshilash va texnik qo‘llab-quvvatlash davom etadi.

Stack

Texnologiyalar

Biz loyihaga mos texnologiyani tanlaymiz — maqsad tez, ishonchli va kengayadigan mahsulot yaratish.

Frontend

ReactNext.jsVueTailwind CSSTypeScript

Mobile

FlutterReact NativeiOSAndroid

Backend

Node.jsNestJSLaravelExpress

Database

PostgreSQLMySQLMongoDBRedis

Cloud / DevOps

DockerNginxVPSCI/CDMonitoring

Integrations

Telegram BotPaymentSMSCRMAI APIAnalytics
Team

Jamoa

ELHISOB ortida dizayn, ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashni birga olib boradigan real jamoa turadi.

Project Manager

Planning & delivery

UI/UX Designer

Interfeys & prototip

Frontend Developer

Web interfeyslar

Backend Developer

API & database

Mobile Developer

iOS & Android

QA Engineer

Sifat & test

DevOps / Support

Deploy & monitoring

About

Biz haqimizda

ELHISOB bizneslar uchun real muammolarni yechadigan digital mahsulotlar yaratadi. Biz faqat chiroyli interface emas, balki ishlaydigan, kengayadigan va keyinchalik qo‘llab-quvvatlanadigan software quramiz. Har bir loyihada dizayn, texnik arxitektura, ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash birgalikda o‘ylab chiqiladi.

ELHISOB

Ishonchli muhandislik

Kod va arxitektura keyinchalik kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi.

Toza dizayn

Interface chiroyli bo‘lishi bilan birga oddiy, tushunarli va user uchun qulay bo‘ladi.

Uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash

Ishga tushirilgandan keyin ham mahsulotni rivojlantirish, monitoring va yangilash davom etadi.

FAQ

Ko‘p so‘raladigan savollar

Eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblar.

Loyiha hajmiga qarab 1 haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

To‘lov va hamkorlar

To‘lov tizim va bank integratsion hamkorlarimiz

Onlayn to‘lovlar milliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali, 3-D Secure himoyasi ostida qabul qilinadi.

3-D Secure

Barcha karta to‘lovlari 3-D Secure (Verified by Visa / Mastercard SecureCode) texnologiyasi bilan himoyalangan.

To‘lov va xavfsizlik →

Hududiy agent bo‘ling

Mahsulotlarimizni o‘z hududingizda taklif qiling: ishlab turgan ilovalar, agent kabineti, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash.

Batafsil

Loyihangiz bormi?

Uni ishlaydigan software mahsulotga aylantiramiz.

  • Telefon

    +998 99 335-75-15

  • Instagram

    @electronhisob

  • Email

    elbek0575@gmail.com

  • Manzil

    O‘zbekiston, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Shirinobod mahallasi, Erkin ko‘chasi 22/2-uy, 180800